Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, O‘zbekistonda Yozef Blatterni o‘z hayotini jahon va milliy futbolni rivojlantirishga bag‘ishlagan taniqli jamoat arbobi sifatida bilishlarini ta’kidladi. Bu – FIFA rahbarining O‘zbekistonga uchinchi tashrifi. Mazkur tashrif o‘zbek futbolining 100-yilligi nishonlanayotgan kunlarga to‘g‘ri keldi. Uchrashuvda O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish istiqbollari, mamlakatimizning ushbu nufuzli xalqaro tuzilma bilan samarali hamkorligini yanada mustahkamlash va kengaytirish yuzasidan fikr almashildi. “Gol”, “Gol-2” va “Gol-3” loyihalarining amalga oshirilgani shunday hamkorlikning natijalaridandir. Ushbu loyihalarga muvofiq Toshkent shahrida sun’iy qoplamali futbol maydoni va mamlakatimiz o‘smirlar terma jamoalarining o‘quv-mashq bazasi qurildi, Samarqand shahrida esa mini-futbol uchun yopiq manej barpo etilmoqda. O‘zbekiston bolalar-o‘smirlar futbolini, referi va murabbiylarning milliy maktabini rivojlantirish borasida ham FIFA bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor. |
ODKB Kollektiv xavfsizlik kengashining sessiyasi Kremlda davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi bilan boshlandi. So‘ngra Tashkilotga a’zo mamlakatlar rasmiy delegatsiyalari vakillari ishtirokida kengaytirilgan majlis o‘tkazildi. Kengashning ushbu sammiti Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi Toshkent shartnomasi imzolanganiga 20-yil va ODKB tashkil etilganiga 10-yil to‘lgan bir paytda bo‘lib o‘tdi. O‘tgan yillar davomida Shartnomaga qo‘shilgan mamlakatlar kollektiv xavfsizlik tizimini shakllantirish bo‘yicha murakkab yo‘lni bosib o‘tdi. Sobiq Ittifoq hududida yuzaga keladigan ko‘plab muammolarni hal etish borasida a’zo mamlakatlarning amaliy hamkorligi bo‘yicha katta tajriba to‘plandi. |
Xotira – ajdodlarga yuksak hurmat va ehtirom ifodasi. Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug‘. Prezidentimiz tomonidan istiqlolning ilk yillaridan el-yurtimiz taqdiriga daxldor tarixiy adolatni tiklash, ajdodlarimizning ezgu ishlari, jasoratini ulug‘lash va abadiylashtirish, mamlakatimizda inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilayotgan e’tibor xalqimizning ana shunday o‘lmas qadriyatlari, bebaho ma’naviy fazilatlarini namoyon etib kelmoqda. Ikkinchi jahon urushida jasorat ko‘rsatgan, olovli maydonlarda o‘z yurtining tinchligi va ozodligi, oilasi, farzandlarining xotirjamligi uchun kurashgan insonlar mudom xalqimiz ardog‘ida. Beayov janglarda jon fido qilgan bobolarimiz xotirasi qalblarimizda abadiy yashaydi. Bugun oramizda yashayotgan 6 ming 600 nafardan ziyod Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga davlatimiz tomonidan har tomonlama e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmoqda. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1-may kuni Oqsaroyda Yevropa Ittifoqining mamlakatimizdagi Vakolatxonasi (Delegatsiyasi) rahbari – elchisi etib tayinlangan Norber Justendan ishonch yorlig‘ini qabul qildi. O‘zbekiston jahon va mintaqaviy siyosatda muhim o‘rin tutadigan, ulkan savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy salohiyatga ega bo‘lgan Yevropa Ittifoqi bilan o‘zaro manfaatli va konstruktiv hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratadi. Islom Karimov elchini yuksak lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, sharafli va mas’uliyatli missiyasini bajarishda muvaffaqiyatlar tiladi. |





O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 16-may kuni Oqsaroyda Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Yozef Blatterni qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 15-may kuni Moskva shahrida Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) Kollektiv xavfsizlik kengashining yubiley sessiyasi va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Davlat rahbarlari kengashining norasmiy majlisida ishtirok etdi.
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 9-may – Xotira va qadrlash kuni mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda.
RSS