Suhbat avvalida vazir T.Mariani davlatimiz rahbariga Fransiya Prezidenti Nikolya Sarkozining O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 20 yilligi munosabati bilan qutlov maktubini taqdim etdi. O‘zbekiston Prezidenti tabrik uchun samimiy minnatdorlik izhor etdi va Fransiya rahbariga ezgu tilaklar bildirdi. Mamlakatimizda Fransiyaga o‘zaro hamkorligimiz chuqur tarixiy ildizlarga ega bo‘lgan va bugungi kunda ham turli darajada muvaffaqiyatli rivojlanayotgan uzoq muddatli va ishonchli hamkor sifatida qaralishi ta’kidlandi. |
Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, mamlakatimiz bilan ko‘p yillardan buyon yaqin hamkorlik qilib kelayotgan OTB haqli ravishda eng nufuzli va yetakchi xalqaro moliya muassasalaridan biri ekanini ta’kidladi. Samarali ikki tomonlama hamkorlik hamda buning natijasida Osiyo taraqqiyot banki tomonidan umumiy qiymati 8,6 milliard AQSH dollariga teng 35 qo‘shma loyihaning ma’qullangani buning tasdig‘idir. Ushbu loyihalarni moliyalashtirishda OTBning ulushi 3,8 milliard dollarni tashkil qiladi. |
Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, ushbu uchrashuv O‘zbekiston-Ukraina hamkorligiga oid keng ko‘lamli masalalar yuzasidan fikr almashish uchun qulay imkoniyat ekanini ta’kidladi. O‘zbekiston va Ukraina siyosiy, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy, madaniy-gumanitar sohalarda samarali hamkorlik borasida ulkan tajriba to‘plagan. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro manfaatli barcha yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratadigan salmoqli shartnomaviy-huquqiy asosga ega. |
Davlatimiz rahbari uchrashuvda Koreya Respublikasi O‘zbekiston uchun vaqt sinovidan o‘tgan va har tomonlama ishonchli strategik hamkor bo‘lib kelgani va shunday hamkor bo‘lib qolayotganini, mamlakatimiz iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini tubdan isloh qilish hamda chuqur modernizatsiyalash bo‘yicha yirik milliy dasturlarni hayotga tatbiq etishda izchil qo‘llab-quvvatlab kelayotganini ta’kidladi. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 6 yanvar kuni Oqsaroyda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Xu Szintaoning maxsus vakili sifatida mamlakatimizga kelgan Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi Raisining o‘rinbosari Chen Chjili xonimni qabul qildi. Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan buyon rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidan borar ekan, o‘zining yaqin qo‘shnisi va ishonchli hamkori bo‘lgan Xitoyning amaliy qo‘llab-quvvatlashiga doimo tayanib kelganini ta’kidladi. |
Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, ushbu uchrashuv xalqaro hamjamiyatning, birinchi galda, JSSTning mamlakatimiz sog‘liqni saqlash sohasidagi tub o‘zgarishlarga ulkan qiziqishidan dalolat ekanini ta’kidladi. O‘zbekistonda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan munosabatlarga muhim ahamiyat beriladi. O‘zbekiston bilan JSST o‘rtasidagi hamkorlikning birgalikda belgilanadigan strategik yo‘nalishlari ikki yillik bitimlarda o‘z ifodasini topadi. 2012-2013 yillarga mo‘ljallangan navbatdagi hujjat joriy yil sentabr oyida imzolandi. Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi shu yil may oyida 2011-2014 yillar uchun JSST Ijroiya qo‘mitasi tarkibiga saylandi. |
Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, Leo Bokeriya O‘zbekistonda, ayniqsa, uning noyob iqtidori va tajribasi tufayli qaytadan hayot nashidasini surayotganlar orasida hamisha ardoqlanib kelayotgan insonlardan biri ekanini ta’kidladi. Ta’kidlash joizki, Leo Bokeriya nafaqat zamonaviy tibbiyotning yetuk namoyandasi ekanligi, balki O‘zbekiston va Rossiya tibbiyot muassasalarining hamkorligiga ulkan hissa qo‘shib kelayotgani bilan ham mashhurdir. U rahbarlik qilayotgan ilmiy markazda 1994 yildan buyon O‘zbekistonning yuzga yaqin mutaxassisi ta’lim oldi va malaka oshirdi. |
Tashrifning asosiy tadbirlari 7 noyabr kuni Ko‘ksaroyda Vengriya Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bilan boshlandi. Marosimda ikki davlat rasmiy delegatsiyalari a’zolari, mamlakatimizda akkreditatsiya qilingan diplomatik missiyalar va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalarining rahbarlari ishtirok etdi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Islom Karimov va Pal Shmitt shohsupaga ko‘tarildilar. Ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar. Ikki tomonlama muzokaralar Islom Karimov va Pal Shmittning tor doiradagi uchrashuvi bilan boshlandi. |
Bugungi kunda O‘zbekiston va AQSH siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion va gumanitar sohalarda o‘zaro hamkorlikni sifat jihatdan yangi bosqichda rivojlantirishga xizmat qiladigan keng ko‘lamli masalalar bo‘yicha sheriklik va o‘zaro anglashuv ruhidagi samarali muloqot tajribasiga ega. Prezident Islom Karimov Hillari Klinton bilan suhbat chog‘ida AQSH Prezidentining mamlakatlarimiz o‘zaro hurmat va ishonch tamoyillariga asoslangan sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan birgalikdagi sa’y-harakatlarni davom ettirishi lozim, degan fikrini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. |
Davlatimiz rahbari, mehmonlarni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish borasida ularning zimmasiga yuklangan vazifaning muhimligi va mas’uliyatli ekanini ta’kidladi. |





O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 17 fevral kuni Oqsaroyda Fransiya Respublikasi transport vaziri, ushbu mamlakat Prezidentining maxsus vakili Tyerri Marianini qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 16 fevral kuni Oqsaroyda “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning muhim sharti” mavzuidagi xalqaro konferensiyada qatnashish uchun mamlakatimizga kelgan Osiyo taraqqiyot banki (OTB) prezidenti Xaruxiko Kurodani qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 6-fevral kuni Oqsaroyda Ukraina tashqi ishlar vaziri Konstantin Grishchenkoni qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 10 yanvar kuni Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Pak Xi Teni qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 26 noyabr kuni Oqsaroyda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Margaret Chenni qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 26 noyabr kuni Oqsaroyda A.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi ilmiy markazi direktori, Rossiya Tibbiyot fanlari akademiyasi akademigi Leo Bokeriyani qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Vengriya Respublikasi Prezidenti Pal Shmitt 6 noyabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 22 oktabr kuni Oqsaroyda amaliy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Hillari Klintonni qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 11 oktabr kuni Oqsaroy qarorgohida AQSHning Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maxsus vakili Mark Grossman hamda GFR hukumatining Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maxsus vakili Mixael Shtaynerni qabul qildi. Mehmonlar Toshkentga Afg‘onistonning iqtisodiy tiklanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xalqaro sa’y-harakatlarni birlashtirish borasidagi Amerika-Germaniya tashabbusi doirasida tashrif buyurishdi.
RSS