Muhtaram mehmonlar! Tabiat uyg‘onib, bahor nafasi tobora kuchayib, ona zaminimiz yashil libosga burkanib borayotgan shu yorug‘ va munavvar kunlarda siz azizlarni, sizlarning timsolingizda butun O‘zbekiston xalqini yurtimizga kirib kelayotgan Navro‘zi olam – yangilanish va yasharish bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etishdan baxtiyorman. Navro‘z ayyomi barchamiz uchun sharqona yangi yil debochasi, serhosillik va qut-baraka g‘oyasini o‘zida mujassam etadigan, bizning milliy tabiatimiz va qadriyatlarimizdan ajratib bo‘lmaydigan, har qanday siyosatdan xoli, eng qadimiy, eng sevimli bayramimizdir. |
Muhtarama onaxonlar! Qadrli opa-singillar, dilbar qizlarim! Go‘zal diyorimizga barchamiz sog‘inib kutgan bahor nafasi kirib kelayotgan mana shu nurafshon kunlarda siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun O‘zbekiston xotin-qizlarini 8 mart bayrami bilan qizg‘in tabriklab, sizlarga o‘zimning samimiy tuyg‘u va tilaklarimni izhor etishdan baxtiyorman. |
Hurmatli do‘stlar! Barchangizni mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ sana – “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi tashkil etilganining 20 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi. |
Hurmatli Vatandoshlar! Qadrli do‘stlar! Siz azizlarni va sizlarning siymongizda ko‘pmillatli butun mamlakatimiz xalqini Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganining 20 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi. |
Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari! Sizlarni, o‘z hayotini ona Vatanni himoya qilishdek muqaddas va olijanob vazifaga bag‘ishlagan barcha yurtdoshlarimizni mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ sana – Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 20 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etish menga katta mamnuniyat yetkazadi. O‘zbekistonda mustaqillik yillarida mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligi, uning sarhadlari daxlsizligini ta’minlash bo‘yicha taktik va strategik vazifalarni samarali hal etishga qodir bo‘lgan, zamonaviy, harakatchan, har tomonlama yaxshi qurollangan armiyani tashkil etish bo‘yicha o‘zining ko‘lami va miqyosiga ko‘ra ulkan ishlar tizimli va bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirilmoqda. |
Aziz vatandoshlar! Muhtaram do‘stlar! Mana shu fayzli oqshomda bayram dasturxoni atrofida jamuljam bo‘lib, yangi yilni kutib olayotgan siz azizlarni, butun xalqimizni ushbu qutlug‘ ayyom bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga o‘zimning samimiy hurmat va ehtiromimni bildirishdan baxtiyorman. |
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tabrigi. Aziz do‘stlar! Eng avvalo, siz qadrdonlarimni – zahmatkash bobodehqon va fermerlarni, suvchi va mexanizatorlarni, agronom va seleksionerlarni, barcha mutaxassis va mutasaddilarni o‘z zimmangizga olgan shartnoma majburiyatlarini sharaf bilan ado etib, yurtimiz xirmoniga 3 million 500 ming tonnadan ortiq yuqori sifatli paxta hosili yetkazib berganingiz bilan samimiy tabriklayman. Bugun siz azizlarni chin qalbimdan qutlar ekanman, men ko‘pchilik qatorida paxta yetishtirish kabi dehqonchilik bobida dunyodagi eng murakkab va nozik soha bo‘lmish, nafaqat chuqur bilim va katta tajribani, avvalambor og‘ir va mashaqqatli mehnatni talab qiladigan ishga o‘zini bag‘ishlagan, o‘z kasbining ustasi va fidoyisi bo‘lgan million-million yurtdoshlarimizni o‘zimga tasavvur qilaman va erishilgan g‘alabaga qo‘shgan munosib hissangizni yuksak qadrlayman. Sizlarning peshona teringiz, azmu shijoatingiz bilan qo‘lga kiritilgan bu ulkan marra Vatanimiz mustaqilligining 20 yillik qutlug‘ to‘yiga yana bir beqiyos sovg‘a bo‘ldi, desam, o‘ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo‘laman. |
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Zambiya Respublikasi Prezidenti Maykl Chilufya Sataga milliy bayram – Mustaqillik kuni munosabati bilan tabrik yo’lladi. |
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Ispaniya milliy bayrami – Ispan millati kuni munosabati bilan mazkur mamlakat qiroli Xuan Karlos I nomiga tabrik maktubi yo’lladi. |
Muhtaram muallim va murabbiylar! Qadrli ustozlar! Avvalambor, siz, azizlarni O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, barchangizga o‘zimning ezgu tilaklarimni bildirishdan baxtiyorman. Biz uchun g‘oyat qadrli bo‘lgan ushbu ayyomning Vatanimiz mustaqilligining yigirma yillik bayrami shukuhi davom etayotgan shu qutlug‘ kunlarda nishonlanayotgani unga alohida ko‘tarinki ruh va tarovat bag‘ishlamoqda, desam, o‘ylaymanki, sizlar ham bu fikrga qo‘shilasiz. Mana, 15 yildirki, mamlakatimizda 1 oktabr sanasi – O‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda. |





Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!
RSS