icon
Official web-site of the President of Uzbekistan
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Official pages
in social networks

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Search on site

icon
image_logo
President of the Republic of Uzbekistan
  • President
  • Events
  • Documents
  • Administration
  • media library
  • Contacts
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус

View

A
A
A

Font size

Increase by 0%
Aholini uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi

21.05.2020

Davlatimiz rahbari bundan roppa-rosa ikki yil muqaddam – 2018-yil 20-may kuni Andijon shahridagi yangi uy-joylarni ko‘rgan edi. Mazkur hududda bu masala dolzarb ekanini inobatga olib, qo‘shimcha turar joylar qurish bo‘yicha topshiriq bergandi. Shu asosida shaharda yigirmata 7 qavatli, ikkita 16 qavatli uy barpo etildi.

Prezidentimiz ushbu mavzeni borib ko‘rdi. Xonadonlardan birida bo‘lib, oila bilan suhbatlashdi.

Uylar jahon standartlari asosida yaxlit temirbetondan zilzilaga bardoshli qilib qurilgan. Binoning tashqi devorlari energotejamkor bazalt materiali bilan qoplangan. Internet tarmog‘i, videokuzatuv uskunalari o‘rnatilgan. Jihozlash ishlari mart oyida yakunlanib, aholiga tayyor holda topshirildi.

Mazkur uylar hovlisida dam olish va sport maydonchalari, bolalar o‘yingohlari, avtoturargoh barpo etilgan.

Ma’lumki, Andijon aholi zichligi eng yuqori hududlardan biri. Bu yangi uylarda shuncha maydondagi boshqa loyihalarga nisbatan 2 barobar ko‘p xonadonlar joylashgani mahalliy sharoit uchun juda muhim. Shu bois xonadonlarning narxi ham hamyonbop.

Aholini turar joylar bilan ta’minlashni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

– Kambag‘allikdan chiqishning eng asosiy zamini – uy-joy. Odamlarning boshpanasi bo‘lsa, o‘zi harakat qilib, ro‘zg‘orini oyoqqa qo‘yib oladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tumanlardagi aholi zich joylarga ham kommunikatsiya olib borib, barcha sharoitlarga ega ko‘p qavatli uylar qurish, zamonaviy qishloqlar bunyod etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 

logo-icon
President of the Republic of Uzbekistan

When using materials reference to www.president.uz is required

© 2025 Official web-site of the President of Uzbekistan

All rights reserved

President
  • Status
  • Biography
  • Honors
Events
  • News
  • Meetings
  • Visits to the regions
  • Visits abroad
  • Visits to Uzbekistan
  • Speeches
  • Greetings
Documents
  • Decrees
  • Resolutions
  • Orders
  • Development strategy
  • Initiatives
Administration
  • About the Administration
  • Management
  • Subordinate organizations
media library
  • Photogallery
  • Video gallery

Contacts

Attention! If you find an error in the text, select it and press Ctrl + Enter to notify the administration

Development:uzf-logo