icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Xalqaro valyuta jamg‘armasi farmoyish beruvchi direktorini qabul qildi

19.09.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-sentabr kuni Nyu-York shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasi farmoyish beruvchi direktori Kristin Lagardni qabul qildi. 

Davlatimiz rahbari ushbu uchrashuvdan mamnunligini bildirib, Xalqaro valyuta jamg‘armasi jahon iqtisodiyotidagi vaziyatning yaxshilanishida muhim o‘rin tutayotganini ta’kidladi. 

Jamg‘arma mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Joriy yil may oyida O‘zbekiston delegatsiyasi Xalqaro valyuta jamg‘armasida valyuta siyosatini isloh qilish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi. Iyul va sentabr oylarida Jamg‘arma ekspertlari O‘zbekistonga tashrif buyurib, vazirlik va idoralarda iqtisodiy islohotlar bo‘yicha fikr almashdi. 

Jamg‘arma farmoyish beruvchi direktori 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq iqtisodiy va tarkibiy islohotlar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani bilan davlatimiz rahbarini qutladi. 

Prezidentimizning 2017-yil 2-sentabrdagi «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq valyuta muomalasida bozor mexanizmlari joriy etilgani sohadagi ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etdi, biznes vakillari uchun teng sharoitlar yaratdi. 

Kristin Lagard Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida iqtisodiyot va ijtimoiy hayot barqarorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotgani diqqatga sazovor ekanini ta’kidladi. 

Uchrashuvda valyuta islohoti jarayonida davlat organlari va tijorat banklarini qo‘llab-quvvatlash, savdodagi tariflarni kamaytirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z yuritildi. Davlat byudjetini profitsit bilan bajarish, soliq ma’murchiligi va davlat statistikasi sohasini tubdan yaxshilash, bank tizimining barqarorligini ta’minlash, tashqi savdo siyosatini erkinlashtirish kabi navbatdagi vazifalarga e’tibor qaratildi. 

O‘zbekiston bilan Xalqaro valyuta jamg‘armasi hamkorligini kengaytirish, mamlakatimizda ishbilarmonlik va investitsiya muhitini takomillashtirish masalalari bo‘yicha fikr almashildi. 

Kristin Lagard Xalqaro valyuta jamg‘armasi texnik ko‘maklashish va iqtisodiy siyosat masalalari bo‘yicha tavsiyalar berish orqali O‘zbekiston moliya tizimida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. 

 

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo