 
        
        
            
        
    
        
                            Prezident yangi korxona bilan tanishdi                        
                    16.12.2017
 
                    
                    
                    Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif doirasida Nukus shahrida yangi barpo etilgan “Samsung” brendi asosida zamonaviy televizorlar va changyutgichlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonada ham bo‘ldi. Bu yerda davlatimiz rahbariga korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, eksport salohiyati haqida so‘zlab berildi. Shu yerning o‘zida Prezident “O‘zeltexsanoat” kompaniyasi tomonidan 2018 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan loyihalarning taqdimoti bilan tanishdi.

 
                             
                             
                            
