 
        
        
            
        
    
        
                            Prezident zamonaviy aloqa vositalarini ko‘zdan kechirdi                          
                    10.01.2018
 
                    
                    
                    Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda ishlab chiqarila boshlangan raqamli radiostansiya texnikalari bilan tanishdi. 
Ushbu zamonaviy mahsulotlar davlatimiz rahbarining qaroriga asosan "O‘zelektroapparat" zavodida ishlab chiqarilmoqda.
Xitoyning Hytera kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu loyiha samarasida 8 turdagi apparatlar tayyorlanmoqda. Ilg‘or texnologiyalarga asoslangan bunday texnikalar shu paytgacha yurtimizda ishlab chiqarilmas edi. Raqamli radiostansiya vositalari import o‘rnini bosishi, axborot xavfsizligini ta’minlashi bilan ulkan ahamiyatga ega.

 
                             
                             
                            
