icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Turkmaniston milliy ko‘rgazmasi ishtirokchilari va mehmonlariga

23.04.2018

Hurmatli ko‘rgazma ishtirokchilari!

Turkmanistonning yetakchi korxonalari, kompaniya va tashkilotlari rahbarlari!

Qadrli do‘stlar!

Turkmaniston Prezidenti hurmatli Gurbanguli Myalikguliyevich Berdimuhamedovning O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida Toshkentda o‘tkazilayotgan Turkmaniston milliy ko‘rgazmasining barcha ishtirokchilari va mehmonlarini ulkan mamnuniyat bilan samimiy qutlayman.

O‘zbekiston va Turkmaniston – strategik sheriklardir. Bizning xalqlarimizni ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari, umumiy tarix, din va til, madaniyat, urf-odat va an’analar mushtarakligi mustahkam bog‘lab keladi.

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik qat’iy siyosiy iroda hamda oliy darajadagi samarali uchrashuvlar davomida erishilgan kelishuvlarni birgalikda amalga oshirayotganimiz tufayli izchil rivojlanib, aniq ma’no-mazmun bilan boyib bormoqda.

Hech shubhasiz, o‘zaro hamkorligimizning ustuvor yo‘nalishini savdo-iqtisodiy soha tashkil etadi. O‘tgan qisqa davrda biz bu borada haqiqatan ham muhim ahamiyatga molik natijalarga erishdik.

Keyingi yillarda birinchi marta o‘zaro savdo hajmi jadal sur’atlar bilan ortib bormoqda. Mamlakatlarimiz korxonalari va tashkilotlari o‘rtasida iqtisodiyotning an’anaviy ravishda bir-birini to‘ldiradigan tarmoqlarida kooperatsiya aloqalari kuchaymoqda.

Bu o‘rinda avvalo yoqilg‘i-energetika majmuasi, qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik, temir yo‘l transportini modernizatsiya qilish va boshqa ko‘plab sohalardagi loyihalar haqida so‘z bormoqda.

Biz transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish hamda davlatlarimiz va butun mintaqamizning ulkan tranzit salohiyatini samarali ishga solishga qaratilgan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirmoqdamiz.

Ta’kidlash kerakki, bugungi kunda mamlakatlarimiz biznes hamjamiyatlari o‘rtasidagi izchil ishbilarmonlik aloqalari hamda hududlararo mustahkamlanib borayotgan hamkorlik doirasida keng istiqbollar ochilmoqda.

Muhtaram do‘stlar!

Bundan bir oy oldin Ashxobodda Turkmaniston Prezidentining bevosita qo‘llab-quvvatlashi bilan O‘zbekiston milliy sanoat ko‘rgazmasi muvaffaqiyatli o‘tkazilgan va u turkmanistonlik sheriklarimizda katta qiziqish uyg‘otgan edi.

Bugun biz mamlakatimizning nafaqat ishbilarmon doiralari, balki butun jamoatchiligining e’tibor markazida turgan Turkmaniston milliy ko‘rgazmasini ochmoqdamiz.

Ko‘rgazma majmuasida bugungi Turkmaniston iqtisodiyotining ulkan salohiyati va yuksak e’tirofga molik yutuqlari, uning boy tabiiy, ilmiy va intellektual resurslari, zamonaviy texnologiyalari keng namoyish etilmoqda.

Shu bilan birga, bu yerda tashkil etilgan yorqin ekspozitsiya qardosh turkman xalqining qadimiy va noyob madaniyati hamda an’analari bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.

Turkmanistonning xalqaro miqyosda e’tirof etilgan barcha yutuqlari hurmatli Gurbanguli Myalikguliyevich Berdimuhamedovning chuqur o‘ylangan, samarali siyosati natijasi ekanini alohida qayd etishni istardim.

Qadrli ko‘rgazma ishtirokchilari va mehmonlari!

Sizlarni ikki tomonlama munosabatlarimizdagi qutlug‘ voqea – O‘zbekiston poytaxtida Turkmaniston milliy ko‘rgazmasi ochilishi bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman.

Ishonchim komil, ko‘rgazma yakunida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishga, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni do‘st xalqlarimiz farovonligi yo‘lida  yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha yangi savdo shartnomalari va bitimlar imzolanadi..

Barchangizga ko‘rgazmada samarali ish olib borish, muvaffaqiyatli muzokaralar o‘tkazishni tilayman.

Mehmondo‘st O‘zbekiston zaminiga xush kelibsiz!

                                                                                                                                          Shavkat Mirziyoyev,
                                                                                                                             O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo