icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Yangi korxona qandolat mahsulotlari importini qirq foiz qisqartirish imkonini berdi

26.10.2018

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Amilov” qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish fabrikasini borib koʻrdi.

Umumiy qiymati 62 million dollar boʻlgan ushbu korxona poytaxtimizdagi sobiq “Lak-boʻyoq” zavodi oʻrnida tashkil qilingan. Zavod binosi rekonstruksiya qilinib, joriy yil 5-oktabrda ishga tushirilgan. Germaniya, Shveysariya, Italiya, Avstriya, Gollandiya kabi davlatlardan zamonaviy texnologiyalar keltirib oʻrnatilgan. Qariyb 830 kishi doimiy ish bilan taʼminlangan.

Korxona yiliga 50 ming tonnaga yaqin qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bugungi kunda bu yerda shokolad, konfet, pechenye, vafli kabi 60 turdagi mahsulot ishlab chiqarilmoqda.

Bunday shirinliklar shu paytgacha yurtimizga asosan import qilinardi. “Amilov” fabrikasida tayyorlanayotgan qandolat mahsulotlari chet elnikiga nisbatan arzon va sifatli boʻlgani bois ichki bozorni tez egalladi. Natijada bunday mahsulotlar importini qirq foiz qisqartirishga erishildi. Qolaversa, korxona yiliga 10 million dollarlik eksport qilishni rejalashtirgan.

Davlatimiz rahbari fabrikaning ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish, bunday korxonalarni koʻpaytirib, raqobatni rivojlantirish, import boʻlayotgan boshqa mahsulotlarni ham mahalliylashtirish boʻyicha topshiriqlar berdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo