icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Majburiy mehnatga barham berish boʻyicha yana bir hujjat qabul qilindi

29.10.2018

Mamlakatimizda qonun ustuvorligini taʼminlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.

Shu bois keyingi yillarda majburiy mehnatga barham berish boʻyicha qator hujjatlar qabul qilindi, zarur chora-tadbirlar koʻrildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 2018-yil 29-oktabr kuni barcha darajadagi davlat hokimiyati organlari rahbarlarining majburiy mehnatning har qanday shakl va koʻrinishlariga yoʻl qoʻymaslik borasidagi javobgarligini oshirish toʻgʻrisida farmon qabul qildi.

Ushbu farmonga muvofiq, gʻalla ekish va sugʻorish ishlarini tashkil etish jarayonida jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygani bois Mirzayev Zoyir Toirovich Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari lavozimidan ozod etildi.

Hujjatda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga qishloq xoʻjaligi ishlari chogʻida yoʻl qoʻyilgan qonun buzilish holatlari yuzasidan tekshirish oʻtkazish, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga, joylardagi davlat hokimiyati organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlariga majburiy mehnatning barcha shakl va koʻrinishlariga barham berishga qaratilgan chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish boʻyicha topshiriqlar berilgan. 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo