icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
8 milliard yevrodan ziyod qiymatdagi loyihalar boʻyicha kelishuvlarga erishilgani qayd etildi

21.01.2019

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal kansleri Angela Merkelning muzokaralari oldidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing oʻtkazildi.

Angela Merkel Oʻzbekiston Prezidentining tashrifi uzoq tanaffusdan keyingi muhim tashrif ekani, ikki tomonlama hamkorlik rivojiga katta turtki berishini taʼkidladi.

- Biz Oʻzbekistonning ishonchli sherigi boʻlishni xohlaymiz. Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi aloqalarni kengaytirish uchun koʻplab imkoniyatlar borligini koʻrmoqdamiz, - dedi Germaniya kansleri.

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston delegatsiyasiga koʻrsatilayotgan yuksak hurmat uchun chuqur minnatdorlik bildirib, germaniyaliklarni joriy yil may oyida nishonlanadigan Germaniya Federativ Respublikasi tashkil etiganining 70 yilligi bilan tabrikladi.

Tomonlar soʻnggi yillarda ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanib, yangi mazmun bilan boyib borayotgani, siyosiy muloqotlar faollashayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Prezidentimiz Oʻzbekiston Germaniya bilan aloqalarni sifat jihatidan yangi, yanada yuqori bosqichga olib chiqishga intilishini alohida taʼkidladi.

Muzokaralarda siyosat, xavfsizlik, savdo, texnologiya, innovatsiya, investitsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama etilishi maʼlum qilindi.

Tomonlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida yanada yaqindan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekani qayd etildi.

Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha yangi strategiyasi asosida ikki tomonlama munosabatlar mustahkamlanishi taʼkidlandi.

Uchrashuvda zamonaviy tahdid va xatarlar, avvalo terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha hamkorlikni kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratilishi aytib oʻtildi. Afgʻonistonda tinchlik jarayonini tez fursatda boshlash ham kun tartibidagi muhim masalalardan ekani qayd etildi.

Oʻzbekiston inson huquqlari va erkinliklari sohasida konstruktiv muloqot, shuningdek, davlat boshqaruvi tizimining shaffofligiga hamda korrupsiyaga toʻliq barham berilishiga erishish maqsadida hamkorlik uchun ochiq ekani taʼkidlandi.

Tomonlar investitsiya va texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi. Oʻzbekiston Prezidenti tashrifi arafasida oʻtkazilgan biznes-forumda 8 milliard yevrodan ziyod qiymatdagi yangi loyihalarini amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishilgani, boshqa bitimlar boʻyicha ishlar davom etayotgani maʼlum qilindi.

Shuningdek, nemis tili chuqurlashtirilgan holda oʻqitiladigan maktablar tarmogʻini kengaytirish, Germaniyaning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan aloqalarni rivojlantirish borasidagi hamkorlik uchun ulkan salohiyat mavjudligi taʼkidlandi.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo