icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev “Masdar City” texnoparki bilan tanishdi

27.03.2019

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Masdar City” texnoparkiga tashrif buyurdi.

“Masdar City” zamonaviy texnologiyalar va muhandislik yutuqlari asosida bunyod etilgan innovatsion shaharchadir. 600 gektarni egallagan texnopark ekologik toza hudud hisoblanib, bu yerda faqatgina muqobil energiya – quyosh batareyalari va fotoelektr qurilmalaridan foydalaniladi. Hududga avtomobillar kirishi taqiqlangan. Manzillarga haydovchisiz boshqariladigan elektr transportlarida boriladi.

Tashrif chogʻida texnoparkning oʻziga xos jihatlari haqida soʻzlab berildi. Aytib oʻtilganidek, bu yerda innovatsion ishlanmalar yaratish, ulardan turli sohalarda foydalanish uchun zarur ilmiy-ijodiy muhit yaratilgan. Koʻchalarda moʻtadil iqlimni taʼminlab turadigan ventilyatorlar, favvora va havzalar barpo qilingan.Shavkat Mirziyoyev quyosh panellari ishlab chiqarish boʻyicha ilmiy izlanishlar olib boriladigan laboratoriya faoliyati bilan tanishdi. Bunday maskanlar fan-texnika yutuqlaridan unumli foydalangan holda insoniyatning atrof-muhitga taʼsirini kamaytirish, mamlakatlar oʻrtasida ilmiy hamkorlikni mustahkamlashda muhim oʻrin tutishi qayd etildi.Davlatimiz rahbari Xalifa universitetida mazkur sohada ilmiy izlanish olib borayotgan oʻzbekistonlik talaba qiz bilan suhbatlashdi. Bu yerda olgan bilim va tajribalarini mamlakatimizda tatbiq etib, yurtimizda muqobil energetikani rivojlantirishga hissa qoʻshish muhimligini taʼkidladi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo