icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston-Belarus hamkorligining yangi yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi

25.04.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahrida o‘zi uchun ajratilgan qarorgohda 25-aprel kuni Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Belarus Prezidentining O‘zbekistonga o‘tgan yilgi rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochgani, ularni sifat jihatidan yanada yuqori darajaga olib chiqqani va amaliy mazmun bilan boyitgani alohida ta’kidlandi.
 
Uchrashuvda ilgari erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi batafsil ko‘rib chiqildi. Prezidentlar ikki mamlakat o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi jadal ortayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Belarusning "Amkodor", "MAZ", "MTZ" va boshqa yetakchi kompaniyalari bilan birgalikda sanoatning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Mamlakatlarimiz hududlari o‘rtasidagi almashinuvlar ancha faollashdi. Fan, texnologiyalar va ta’lim sohasida samarali hamkorlik amalga oshirilmoqda. 

Davlatlar o‘rtasidagi mustahkam ishonch va hamkorlikning amaliy natijalariga erishishga qat’iy o‘zaro intilish uni yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochmoqda. Bugun mamlakatlarimiz buning uchun zarur salohiyatga ega ekani qayd etildi.  

Uchrashuvda o‘zaro savdoni kengaytirish, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, axborot texnologiyalari, tibbiyot, farmatsevtika, turizm sohalarida qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. 

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar bo‘yicha ham fikr almashildi.  

Ikki davlat rahbari sheriklikning yangi yo‘nalishlarini samarali rivojlantirish maqsadida turli darajadagi muloqotni faol davom ettirishga tayyor ekanini ta’kidladi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo