icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Bo‘ka tumanida Beshta tashabbusni joriy qilish bo‘yicha platforma yaratildi

02.06.2019

Davlatimiz rahbari ilgari surgan Beshta tashabbus doirasida Bo‘ka tumani markazida Madaniyat va ma’rifat ekoparki barpo etildi. Prezidentimiz ushbu istirohat bog‘iga tashrif buyurib, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Bu yerda Beshta tashabbusning barchasi mujassamlashgan. Zamonaviy kutubxona hamda kitob o‘qish uchun sokin joylar, kompyuter o‘yinlari uchun maydonlar, Wi-Fi hududlari tashkil etilgan. Yopiq amfiteatr, kafelar qurilgan. Universal sport maydonida vorkaut va badantarbiya, mini futbol, badminton, stol tennisi va boshqa sport turlari bilan shug‘ullanish uchun keng sharoit yaratilgan. Velosiped, samokat, skeytbord va roliklar ijarasi ham yo‘lga qo‘yilgan. Majmua har oyda o‘rtacha 6 ming nafar yigit-qizni jalb qilishi mumkin.

Shavkat Mirziyoyev bog‘dagi kutubxonani kirib ko‘rdi.

- Hududlarga kitob yetkazib berish yaxshi. Lekin ularni o‘qish, o‘qitish yetarli darajada emas. Bolalarimizni bog‘cha yoshidan, boshlang‘ich sinflardan kichik-kichik kitoblarga o‘rgatish, shu orqali ularni kitobsevar etib ulg‘aytirish zarur. Shundagina jamiyatimizda kitobxonlik muhiti shakllanadi, boshqalar ham kitob o‘qishga qaytadi, - dedi davlatimiz rahbari.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda ilmiy yondashuvlar asosida kitob o‘qitish metodikasi hamda qaysi yoshda qanday asarlarni o‘qish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi. Bog‘da butun yil davomida rang-barang madaniy tadbirlar va mahallalararo musobaqalar o‘tkazish, o‘quvchilarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo