icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
ShHTning Bishkek sammiti boshlandi

14.06.2019

Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashi navbatdagi majlisining asosiy tadbirlari boshlandi.

Suratga tushish marosimidan so‘ng tor doiradagi uchrashuv o‘tkazildi. 

Majlisni Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov ochdi. Unda ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari ishtirok etdi.

Tashkilotga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Sammitda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

Mamlakatimiz Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi aloqalarda faol ishtirok etib kelmoqda. Davlatimiz rahbarining tashabbuslari tuzilmaning xalqaro nufuzini oshirish, amaliy hamkorlik qamrovini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

2018-yilda Sindaoda o‘tgan uchrashuvda ShHT davlat rahbarlarining Yoshlarga murojaati hamda uni amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar dasturi qabul qilindi. Sentyabrda esa Toshkent shahrida ShHTga a’zo mamlakatlar temir yo‘l idoralari rahbarlarining birinchi uchrashuvi o‘tkazildi. Yana shunday tashabbuslarga muvofiq, Samarqand shahrida «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti, Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi tashkil etildi. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.

Prezidentimiz tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirish, investitsiya va innovatsiyalar, raqamlashtirish, transport va kommunikatsiyalar, ekologiya sohalaridagi sheriklikni kengaytirish, agrotexnologiyalar, turizm va gumanitar almashinuvlarni rivojlantirish, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha dolzarb fikrlar bildirdi va muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo