icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Tojikiston Prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi

14.06.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahriga yetib kelgach, Millat saroyida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston-Tojikiston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlari jadal sur’at bilan rivojlanib, tobora mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

O‘zaro siyosiy iroda va birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli strategik sheriklik tamoyillari amalda ro‘yobga chiqarilayotgani qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi ortmoqda, qo‘shma kooperatsiya loyihalari va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlari ilgari surilmoqda. Hududlar darajasida faol muloqot yo‘lga qo‘yilgan.

Uchrashuvda qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi hamda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari Tojikiston Prezidentiga OHIChK sammiti doirasidagi tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo