icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammiti boshlandi

15.06.2019

Dushanbe shahridagi «Ko‘hi Navro‘z» saroyida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning navbatdagi sammiti boshlandi.

Unda kengashga a’zo va kuzatuvchi mamlakatlar, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillaridan iborat 30 dan ziyod delegatsiya ishtirok etmoqda.

Tadbir oldidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon samimiy qutladi.

So‘ng barcha delegatsiyalar rahbarlari birgalikda suratga tushish marosimida qatnashdi. Tojikiston rahbari sammitni kirish so‘zi bilan ochdi.OHIChK qit’amizda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, hamkorlikni mustahkamlash, mamlakatlar va xalqlar farovonligini oshirishga qaratilgan xalqaro forumdir. 
Kengashga bugungi kunda mintaqa hududi va aholisining 90 foizini qamragan 27 davlat a’zo. Sakkiz mamlakat va beshta nufuzli xalqaro tuzilma - Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Arab davlatlari ligasi, Xalqaro migratsiya tashkiloti, Turkiy tilli mamlakatlar Parlament assambleyasi uning kuzatuvchilaridir. 

O‘tgan yillarda ushbu tuzilmaning Qozog‘iston, Turkiya va Xitoy raisligida to‘rtta sammiti bӯlib ӯtgan. Bu galgi uchrashuv “Xavfsiz va yanada ravnaq topgan mintaqa sari yagona yondashuv» mavzusida o‘tkazilmoqda.

Majlis kun tartibidan mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha o‘zaro kelishilgan yondashuvlarni ishlab chiqish, terrorizm va ekstremizmga, narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish, a’zo davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalarda, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga doir dolzarb masalalar o‘rin olgan.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo