icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Oriyent keramik» sanoat korxonasini borib ko‘rdi

24.10.2019

Davlatimiz rahbari 2017-yilda Chilonzor tumaniga tashrifi chog‘ida «Oriyent keramik» korxonasi loyihasini ma’qullagan edi.

Shundan so‘ng foydalanilmayotgan yerda zamonaviy bino qurilib, xorijdan keramika mahsulotlari va kafel ishlab chiqaradigan uskunalar keltirib o‘rnatildi. Korxona joriy yil iyul oyida ish boshladi. Uning umumiy qiymati qariyb 14 million dollar bo‘lib, yiliga 3,6 million kvadrat metr keramik mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatiga ega.  

Prezident Shavkat Mirziyoyev korxonaning ish jarayoni bilan tanishib, mahsulot turlarini ko‘zdan kechirdi. 

Mahsulotlar deyarli yuz foiz mahalliy xomashyodan tayyorlanmoqda. Shu bois, xorijnikidan bir necha barobar arzon narxlarda ichki bozorga chiqarilmoqda. Shuningdek, ularning 30 foizi Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Afg‘onistonga sotilmoqda. Birgina iyul-avgust oylarida 500 ming dollarlik eksport qilingan. Ayni paytda bu yerda 270 nafar ishchi va mutaxassis mehnat qilmoqda.

«Oriyent keramik» mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan 2020-2021 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyiha haqida ma’lumot berildi. Unga ko‘ra, hozirda yurtimizga import qilinayotgan katta o‘lchamdagi keramogranit kafellar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Yana 700 ta ish o‘rni yaratiladi. 

Davlatimiz rahbari ushbu kompaniya negizida mamlakatimizning har bir hududida kichik korxonalar tashkil etish, logistikaga qulay joylar ajratib, ularni keramik mahsulotlar ishlab chiqaruvchi klaster tizimida ishlatish, tovarlarni ko‘paytirib, narxni tushirish evaziga eksport hajmini oshirish zarurligini ta’kidladi.

Shu yerda Toshkent shahrida sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo