icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti MDH mamlakatlari maxsus xizmatlari rahbarlarini qabul qildi

07.11.2019

Bugun, 7-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining Toshkentdagi yig‘ilishida ishtirok etadigan delegatsiyalar boshliqlarini qabul qildi.

Prezidentimiz mehmonlarni qutlar ekan, O‘zbekistonda MDH doirasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni, jumladan, zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi kurash borasidagi hamkorlikni kengaytirishga muhim ahamiyat qaratilayotganini ta’kidladi.

Xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash mamlakatimizning Hamdo‘stlikda 2020-yilgi raisligining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani qayd etildi.

Tashkilotga a’zo davlatlar maxsus xizmatlari o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni davom ettirish, shu jumladan tezkor axborot almashish hamda terrorizm, ekstremizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilikni bartaraf etish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar o‘tkazish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.

Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda, internet va boshqa axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan zo‘ravonlik va radikal qarashlarni targ‘ib qilish maqsadida foydalanishga chek qo‘yish borasida sa’y-harakatlarni birlashtirish muhimligi ta’kidlanli.

Mehmonlar samimiy qabul uchun O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirib, o‘z mamlakatlari rahbarlarining salom va eng ezgu tilaklarini yetkazdilar.

Uchrashuvda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashning boshqa dolzarb masalalari ham ko‘rib chiqildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo