icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Italiya delegatsiyasini qabul qildi

22.11.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-noyabr kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan Italiyaning Lombardiya viloyati gubernatori Attilio Fontana boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni kengaytirish, jumladan, Italiya va Yevropa Ittifoqining yetakchi industrial, intellektual va madaniy markazlaridan biri bo‘lmish Lombardiya bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirishning istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Faol ishbilarmonlik aloqalari va o‘zaro almashinuvlarni yo‘lga qo‘yish, Italiyaning kompaniya va tashkilotlari bilan savdo, investitsiyalar, sanoat texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va turizm sohalarida qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Lombardiyaning taniqli universitetlari bilan yuqori malakali, avvalo, muhandislik ixtisosliklari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash borasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.

Oliy darajadagi ikki tomonlama tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish doirasida mamlakatimiz va Italiyaning ushbu hududi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni qabul qilishga kelishib olindi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo