icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev: Deputatning qalbi, vijdoni uygʻoq boʻlsa, vazirlar ham, hukumat ham uygʻoq boʻladi

20.01.2020

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisidagi nutqida deputatlar oldida turgan dolzarb vazifalarga toʻxtalib oʻtdi.

– Deputat, avvalo, hamisha xalq dardi bilan yashashi, odamlarni qiynayotgan muammolarni hal qilish uchun fidoyilik koʻrsatib boshqalarga oʻrnak boʻlishi lozim. Deputatning qalbi, vijdoni uygʻoq boʻlsa, vazirlar ham, hukumat ham, parlament ham uygʻoq boʻladi, – dedi Prezident.

Quyi palata har bir qonun loyihasi boʻyicha xolis bahs-munozara va tortishuvlar makoniga, turli ijtimoiy manfaatlar oʻrtasidagi kurash maydoniga, chinakam demokratiya maktabiga aylanishi zarurligi taʼkidlandi.

Oʻtgan besh yil davomida palata faoliyati sezilarli darajada jonlanib, 540 ta qonun yoki 2010-2014-yillardagiga nisbatan 2 barobar koʻp qonun loyihasi koʻrib chiqildi.

Fuqarolik protsessual kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeks, Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeks, Saylov kodeksi kabi muhim hujjatlar qabul qilindi.

Shuningdek, oxirgi ikki yilda toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladigan qonunlar ishlab chiqila boshlandi.

Quyi palataga kiritilgan har bir qonun loyihasi boʻyicha joylarda jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi. Shundan soʻng 400 dan ziyod qonun loyihasidagi mingga yaqin normalar fuqarolarimiz bildirgan takliflar asosida takomillashtirildi. Aholi tomonidan bildirilgan fikrlar, tanqidiy mulohazalar inobatga olinib, 16 ta qonun loyihasi rad etildi va tashabbuskor idoraga qaytarildi. Holbuki, 2010-2014-yillarda birorta ham qonun loyihasi qaytarilmagan edi.

Shavkat Mirziyoyev deputatlar asosiy eʼtiborni qonunlar xalq manfaatini qanchalik ifoda etishiga qaratishi lozimligini taʼkidladi.

– Darhaqiqat, xalq vakillari boʻlgan deputatlar oʻz vakolatiga asoslanib, jasur, talabchan va qatʼiyatli boʻlishi, fuqarolarning manfaatiga xizmat qilmaydigan qonunlar qabul qilinishiga yoʻl qoʻymasligi shart. Har bir qonunning, taʼbir joiz boʻlsa, koʻzi, oyogʻi, ijrosi boʻlishi lozim. Qonun qabul qilindimi, albatta, hayotda oʻzgarish boʻlishi kerak, – dedi Prezident.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo