icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi

19.02.2020

Turkiya Respublikasi Prezidenti saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.  

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an shohsupaga ko‘tarildilar. O‘zbekiston va Turkiyaning davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar. 

Shundan so‘ng davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi boshlandi. Unda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.  

O‘zaro manfaatli imkoniyatlarni ishga solish, yangi loyiha va dasturlarni amalga oshirish uchun Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishlarini muntazam o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi.


Transport sohasidagi aloqalarni kengaytirish, Turkiya orqali Yevropaga multimodal xalqaro tashuvlarni yo‘lga qo‘yish muhimligi qayd etildi. 

Intensiv bog‘dorchilik, baliqchilik, chorvachilik, naslchilik yo‘nalishlarida Turkiyaning ilg‘or tajribasini o‘zlashtirish, universitetlar va ilmiy markazlar bilan qo‘shma tadqiqotlar olib borish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

O‘zbekistonda zamonaviy qo‘shma klinikalar va diagnostika markazlari tashkil etish, kichik biznes, to‘qimachilik kabi yo‘nalishlarda qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish taklifi ko‘rib chiqildi.

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda ikki tomonlama siyosiy muloqot va ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlashga intilish qat’iy ekani yana bir bor tasdiqlandi. Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo