icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Farmon loyihasi takomillashtiriladi

30.03.2020

Bugun davlatimiz rahbariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida aholini, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi yuzasidan axborot berildi.

Loyiha davlatimiz rahbarining topshirig‘iga asosan ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi PF–5969-son “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining mantiqiy davomi hisoblanadi.

Hujjat pandemiyaning mamlakatimiz iqtisodiyoti va aholi turmush darajasiga salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan navbatdagi imtiyozlar, preferensiyalar va boshqa muhim chora-tadbirlarni nazarda tutadi.

Prezidentimiz farmon loyihasiga yolg‘iz qariyalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va kam ta’minlangan oilalar ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, oziq-ovqat, dori-darmon mahsulotlarini ko‘paytirish va narxlari oshishiga yo‘l qo‘ymaslik, tadbirkorlik sub’ektlarining aylanma mablag‘lari kamayib ketishining oldini olish, ularga qo‘shimcha soliq imtiyozlari taqdim etish kabi bir qator aniq choralarni kiritish zarurligi haqida mas’ullarga topshiriq berdi.

Farmon loyihasini takomillashtirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.
 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo