icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Abu Dabi valiahdi, BAA Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari bilan telefon orqali muloqot qildi

07.04.2020

Bugun, 7-aprel kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Abu Dabi Amirligi valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Suhbatda ko‘p qirrali O‘zbekiston-BAA munosabatlarining dolzarb masalalari, shuningdek, amaliy hamkorlikning savdo-iqtisodiy, investitsiya, bank-moliya, yoqilg‘i-energetika, transport-kommunikatsiya va boshqa ustuvor sohalarida yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Koronavirus infeksiyasining tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va ushbu global xatarga samarali qarshi kurashish borasida mamlakatlarimizda amalga oshirilayotgan misli ko‘rilmagan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.

Davlatimiz rahbari pandemiya oqibatlarini yengib o‘tishda ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun Birlashgan Arab Amirliklari rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi.

Koronavirus tarqalishining ikki tomonlama hamkorlik sur’atiga, shu jumladan bugungi kunda BAAning yetakchi kompaniya va banklari ishtirokida sanoat, infratuzilma, energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalarga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida harakatlarni yaqindan muvofiqlashtirishni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.

Turli darajalarda birgalikdagi sa’y-harakatlarni faol muvofiqlashtirish lozimligi qayd etildi.

Tomonlar, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo