icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Koreya Respublikasi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

13.04.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-aprel kuni Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbatda davlat rahbarlari an’anaviy do‘stona va samimiy ruhda ikki tomonlama alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni, birinchi navbatda savdo-iqtisodiy sohada kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar hamda ayrim mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik mavzular yuzasidan fikr almashdilar.

Koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashishda hamkorlikni davom ettirish va sa’y-harakatlarni birlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti pandemiyaga qarshi kurashda ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak uchun Mun Chje Inga samimiy minnatdorlik bildirdi. Xususan, mart oyining oxiridan mamlakatimizda koreyalik professor – epidemiolog mutaxassis faol ishlamoqda, bilim va ko‘nikmalari bilan o‘rtoqlashmoqda. Shu oyda mazkur diyordan yurtimizga yana bir tajribali mutaxassis – anesteziolog-reanimatologning kelishi kutilmoqda. Fuqarolarimizni evakuatsiya qilish va zarur tibbiyot vositalari yetkazish uchun charter reyslar tashkil etildi.

Prezidentlar ikki mamlakat o‘rtasida amaliy hamkorlikni kengaytirishga hamda O‘zbekistonda Koreya tibbiyotining, shu jumladan karantin tadbirlarini tashkil etish, kasalliklarni aniqlash va davolash, reabilitatsiya tadbirlarini o‘tkazish, tibbiy kadrlar malakasini oshirish borasidagi ilg‘or tajribasini samarali joriy etishga qat’iy intilishlarini qayd etdilar.

Ikki davlat sog‘liqni saqlash vazirliklari va yetakchi tibbiyot markazlari o‘rtasida sa’y-harakatlarni yaqindan muvofiqlashtirish va tezkor hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Muloqotda Prezidentlar mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy va ilmiy-innovatsion hamkorlikda erishilgan sur’atlarni saqlab qolish masalalariga batafsil to‘xtaldilar.

Janubiy Koreyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi ustuvor investitsiya loyihalari hamda ushbu mamlakat Eksimbanki va «EDCF» jamg‘armasi ishtirokidagi ijtimoiy ahamiyatga ega dasturlarning amalga oshirilishi tahlil qilindi.

Savdo hajmi va qo‘shma korxonalar soni sezilarli darajada ortgani mamnuniyat bilan qayd etilib, bu ishbilarmon doiralarning o‘zaro qiziqishi kuchayib borayotganiga dalolat ekani haqida yakdil fikr bildirildi.

O‘tgan yil aprel oyida mamlakatimizga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif chog‘ida erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirish hamda Seulda bo‘lajak uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi hukumatlari darajasida faol muloqotlar va almashinuvlarni davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Telefon muloqoti yakunida Prezident Mun Chje In Koreya Respublikasi birodar O‘zbekistonga bugun dolzarb bo‘lib turgan qiyinchiliklar va zamonaviy xatarlarni tez fursatlarda yengib o‘tishda barcha zarur yordam va ko‘makni ko‘rsatishga tayyor ekanini yana bir bor bildirdi.
 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo