icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston va Belarus Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

08.05.2020

Bugun, 8-may kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbarlari kelayotgan bayram – fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan bir-birlariga samimiy tabrik va tilaklar bildirdilar. Birodar xalqlarimizning Buyuk G‘alabaga erishishda beqiyos hissa qo‘shgani alohida qayd etildi.

Suhbatda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Keyingi yillarda ikki tomonlama savdo munosabatlari jadal rivojlanayotgani, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida ishlab chiqarish kooperatsiyasi kengayib borayotgani, hududlar va ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi muloqotlar, shuningdek, madaniy-gumanitar va ta’lim sohasidagi almashinuvlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish va sheriklikning yangi yo‘nalishlarini ilgari surish maqsadida qo‘shma Hukumatlararo komissiya doirasidagi uchrashuvlarni, shu jumladan videoanjumanlar shaklida davom ettirishga kelishib olindi.

Prezidentlar pandemiya bilan bog‘liq ikki mamlakatdagi vaziyatni muhokama qildilar hamda koronavirus tarqalishiga qarshi kurashda aloqador idoralarga yaqin muvofiqlashuv va hamkorlikni ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdilar.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik qator dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasida ko‘p tomonlama qo‘shma tadbir va dasturlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Suhbat har doimgidek samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo