icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev qurilish sifatini tanqid qildi

22.05.2020

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-may kuni Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidagi ko‘p qavatli uylar qurilishini borib ko‘rdi.

Andijon viloyati aholisi mamlakatimiz nufusining 10 foizini, hududi esa 1 foizini tashkil etadi. Shu bois shahar yaqinidagi adir joylarda ko‘p qavatli uylar qurish, shu orqali aholining tobora o‘sib borayotgan talabini qondirish choralari ko‘rilmoqda.

Xo‘jaobod tumanining Ittifoq massivida 35 ta uy qurilmoqda. Ular Andijon shahri, Andijon, Xo‘jaobod, Buloqboshi va Jalaquduq tumanlaridagi uy-joyga muhtoj oilalarga berilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, bu yerda maktab, tikuvchilik sexi, sport kompleksi bunyod etilmoqda.

Davlatimiz rahbari qurilish ishlaridagi kamchiliklarni ko‘rsatib o‘tdi. Bunday joylarda uylar bunyod etish mamlakatimizda yangi tajriba ekanini, ularni xalqaro standartlar asosida pishiq, sifatli qurish zarurligini ta’kidladi.

Loyihani  takomillashtirish, aholiga qulay transport yo‘nalishlari tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shu bilan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga safari yakuniga yetdi.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo