icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev: Ilmli odamlar – mamlakatimizning oltin fondi

12.06.2020

Bundan bir yil oldin, 2019-yil 24-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy universitetida oliy ta’lim va ilm-fan namoyandalari bilan uchrashgan edi. Olim va pedagoglarning ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratib, ular uchun ko‘p qavatli uylar qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergandi.

Shunga muvofiq, Toshkentdagi Talabalar shaharchasi hududida 6 ta 9 qavatli turar joy bunyod etildi. 216 ta xonadon jihozlangan holda foydalanishga topshirildi. Devorlari energiya tejovchi materiallar bilan qoplangan. Xonadonlarga alohida isitish moslamalari o‘rnatilgan. Hovlilarida bolalar va sport maydonchalari, avtoturargohlar tashkil etilgan.

 Davlatimiz rahbari bugun mazkur uylarda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, xonadon egalari bilan suhbatlashdi.

- Sizlarni, sizlar orqali bu yerda yashaydigan barcha oilalarni tabriklayman, mana shu shinam, zamonaviy uylar muborak bo‘lsin! O‘zim ham qishloqdan kelib, 15 yil ijarada yashagan odam sifatida bu narsaning qadrini juda yaxshi his qilaman. Biz olim va pedagoglardan natija kutardigu, sharoitini so‘ramasdik. Sizlarni ham rozi qiladigan vaqt-soat keldi. Ilmli odamlar – mamlakatimizning oltin fondi. Ularning qo‘lida kelajagimiz bo‘lgan bolalarimiz tarbiyalanadi. O‘qituvchilar uyli bo‘lib, oilasidan ko‘ngli to‘q bo‘lsa, kasbiga mehr bilan, Vatanga sadoqat bilan ishlaydi. Bu uylar sizlarga buyursin, shu yerda to‘ylar qilinglar. Farzandlaringiz, nevaralaringiz ota-onam ilmni tanlab kam bo‘lmadi, deb yursin, – deya ezgu niyatlar bildirdi Prezident.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo