icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

29.06.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-iyun kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, farovonlik va katta zafarlar tiladi.

Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov rahbarligida zamonaviy Turkmaniston yuksak muvaffaqiyatlarga erishgani – barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanayotgani, xalqaro maydondagi nufuzi muttasil ortib borayotgani alohida qayd etildi.

Telefon muloqoti chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikka doir va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Prezidentlar O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan ta’kidladilar.

O‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni, birinchi navbatda savdo, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va tranzit tashuvlari, turizm sohalarida yanada kengaytirish zarurligi qayd etildi.

Davlat rahbarlari chegeraoldi hududlar o‘rtasidagi faol aloqalarni davom ettirish, shuningdek, ta’lim va madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish fikrini qo‘llab-quvvatladilar.

Ikki tomonlama Hukumatlararo komissiya doirasida hamkorlik bo‘yicha qo‘shma dastur va loyihalarni ishlab chiqishga kelishib olindi.

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari koronavirus infeksiyasi tarqalishiga samarali qarshi kurshish maqsadida tegishli idoralar darajasida yaqindan muloqot va muvofiqlashuvni amalga oshirish muhim ekanini ta’kidladilar.

Suhbat so‘ngida davlat rahbarlari qardosh O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi munosabatlarni har tomonlama rivojlantirish va mustahkamlashda ikkala tomon ham qat’iy ekanini yana bir bor tasdiqladilar.

Muloqot har doimgidek samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo