icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident Bektemir tumani faollari bilan uchrashdi

21.08.2020

Bektemir tumani Toshkent shahri sanoatining 10 foizini ta’minlaydi. Joriy yilning o‘tgan davrida bu yerda sanoat mahsuloti 9 foizga, xizmat ko‘rsatish 8 foizga, eksport 11 foizga o‘sgan.

Uchrashuvda tumanda yangi “o‘sish nuqtalari”ni topish va aholi hayotini yaxshilash borasidagi rejalar aytib o‘tildi.

Masalan, Bektemir tumaniga Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq va Yuqorichirchiq tumanlaridan jami 1 ming 639 gektar yer o‘tkaziladi. Natijada tuman hududi 3 ming 472 gektarga yetadi. Buning hisobiga yangi sanoat va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari barpo etish, minglab ish o‘rinlari ochish imkoniyati yaratiladi.

Yaqin uch yilda tumanda umumiy qiymati 3,3 trillion so‘mlik 61 investitsiya loyihasi amalga oshirish rejalashtirilgan. Jumladan, joriy yilda 52 ta shunday loyiha ishga tushirilib, 2 ming 700 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratilishi mo‘ljallangan.

Tumanda ishsizlik darajasi 3,3 foiz, shu jumladan, ayollar orasida 1,7 foiz, yoshlar o‘rtasida 1,5 foiz ekani qayd etildi. Maktabgacha ta’lim muassasalari yetishmasligi, qator mahallalarda ichki yo‘llar holatining yomonligi, kommunal tizimlarda ham kamchiliklar borligi ko‘rsatib o‘tildi.

Yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish, kambag‘allikni kamaytirish, uy-joyga muhtoj oilalarga uy ajratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Xizmat ko‘rsatish sohasini keskin rivojlantirish, yangi ijtimoiy ob’ektlar barpo etish, kommunal tarmoqlarni qurish va ta’mirlash, uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

Davlatimiz rahbari mahalla raislari, yoshlar yetakchilari bilan muloqot qildi.
 

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo