icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘ktam Barnoyev oilasiga ta’ziya bildirildi

21.09.2020

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev 20-sentabr kuni og‘ir xastalik tufayli vafot etgan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-sentabr kuni ta’ziyali xonadonga tashrif buyurdi. Qur’on tilovat qilindi.

O‘ktam Barnoyev mehnat faoliyatini o‘zi tug‘ilib o‘sgan Buxoro viloyatida boshlagan. Keyinchalik Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida, Vazirlar Mahkamasida mas’ul lavozimlarda ishlagan. 2008-2010-yillarda Samarqand, 2016-2020-yillarda Buxoro viloyati hokimi bo‘lgan. U joriy yildan Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

O‘ktam Barnoyevning deyarli butun faoliyati qishloq va suv xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘ldi. U ushbu sohadagi islohotlarini amalga oshirishda asosiy ijrochilardan biri edi. Bu yo‘lda barcha bilim, tajriba va kuchini safarbar qildi. Agrar tarmoqni diversifikatsiya qilish, bozor mexanizmlari va kooperatsiya tizimini joriy etish, yer va suv munosabatlarini takomillashtirish, hosildorlikni oshirib, oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishga katta hissa qo‘shdi.

Davlatimiz rahbari bugun marhumning onasi, rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirib, sabr-toqat tiladi.

– O‘ktamjon olijanob, zabardast, fidoyi, vatanparvar, o‘rnak olishga arzigulik inson edi, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Bosh vazir paytlarimda ham birga ishladik. Gapirmasam ham meni tushunardi. Bir insonning tarbiyalanib, shunday kadr bo‘lib yetishishi oson emas. Ayniqsa, oxirgi paytlar og‘ir sohani berib, ko‘nglim tinchib, ko‘p ishlarni boshlagan edik. Bu ofat butun dunyoga keldi. Qo‘limizdan kelgan hamma narsani qildik. Lekin o‘lim haq. Allohning irodasi ekan. Bu hammamizga musibat. Joyi jannatda bo‘lsin!

Prezident marhumning oilasi, farzandlari doimiy e’tiborda bo‘lishini ta’kidladi.

O‘ktam Barnoyevning oila a’zolari davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, xalqimizga osoyishtalik, sihat-salomatlik tilab duo qildilar.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo