icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchisi bilan telefon orqali muloqoti

14.11.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-noyabr kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchisi Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbatda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni, avvalo, savdo, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, transport, hududlararo va gumanitar almashinuv sohalarida, boshqa ustuvor yo‘nalishlarda kengaytirishga xizmat qiladigan qo‘shma loyiha va dasturlarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha hukumatlararo komissiya, shuningdek, Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha qo‘shma komissiya va Chegaradosh viloyatlar rahbarlari kengashi ishini faollashtirish zarurligi qayd etildi.

Koronavirus infeksiyasi tarqalishi oqibatlariga qarshi kurashish masalalarida harakatlarni yaqindan muvofiqlashtirish va ko‘maklashishni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston qardosh Qirg‘iziston xalqining tinch va barqaror taraqqiyot, farovonlik va ravnaq sari intilishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo