icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shoshilinch tibbiy yordam qamrovini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi

20.11.2020

Prezident Shavkat Mirziyoyev Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga tashrif buyurdi. 

Bu yerda kardiojarrohlik, transplantologiya va neyro-qon-tomir jarrohligi bo‘limlari uchun 75 o‘rinli yangi bino qurilmoqda. Buning natijasida mazkur murakkab yo‘nalishlarda zamonaviy sharoit yaratiladi, ham jarrohlik amaliyotlari o‘tkazish qamrovi oshadi.

Ushbu bo‘limlarda yiliga qo‘shimcha 3 ming bemorga yuqori texnologik shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishga imkoniyat bo‘ladi. Bu yerda ishlaydigan shifokorlar Avstriya, Turkiya va Yaponiyadagi yetakchi tibbiy ilmiy markazlarda malaka oshirib qaytdi.

Bundan tashqari, intervension muolajalar bo‘limida har yili qo‘shimcha mingdan ziyod o‘tkir koronar sindrom, bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishida yuqori darajadagi minimal invaziv diagnostika va davolash muolajalari o‘tkaziladi.

Shuningdek, binoda reanimatsiya bo‘limi, intensiv davolash o‘rinlari, amaliyot bo‘limlari, yuqori texnologik uskunalarga ega tashxislash bo‘limi bo‘ladi. Yangi imorat 2021-yilda foydalanishga topshiriladi.

 Prezident bo‘limlar qurilishini ko‘zdan kechirdi. Bu shifoxona ilmiy markaz ekaniga alohida urg‘u berib, malakali xizmat qamrovini kengaytirish zarurligini ta’kidladi. Buning uchun uni birlamchi bo‘g‘in bilan bog‘lash, chet eldan olimlarni jalb etib, joylardagi shifokorlar bilan tajriba almashtirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo