icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Zavodni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi

12.12.2020

Prezident Shavkat Mirziyoyev Urganch shahridagi “UzXCMG” qo‘shma korxonasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.

Ma’lumki, ushbu korxona 2014-yilda faoliyat boshlagan. Endilikda uni 3 bosqichda rivojlantirish rejalashtirilgan. Dastlab qishloq xo‘jaligi texnikalarini yirik bo‘g‘inli yig‘ish, ikkinchi pallada sanoat usulida yig‘ish, uchinchisida esa ishlab chiqarishni mahalliylashtirish mo‘ljallangan.

Shu maqsadda joriy yilda Xitoyning XCMG korporatsiyasidan 4,3 million dollarlik texnologik yig‘uv liniyasi va uskunalar olib kelingan. Mazkur energiya tejamkor texnologiya mahsulot tannarxi pasayib, raqobatbardoshligi oshishiga xizmat qiladi. Import detallar o‘rni to‘ldirilib, mahalliylashtirish darajasi 2021-yilda 51 foizga yetkaziladi. Shuningdek, hozir bu yerda 30 kishi mehnat qilayotgan bo‘lsa, kelgusida yana 60 ta ish o‘rni yaratiladi.

Davlatimiz rahbari qishloq xo‘jaligi mashinalari yig‘uv-payvandlash uskunalarini, mahalliylashtirilgan texnika va ehtiyot qismlarni ko‘zdan kechirdi.

- Bu zavodning imkoniyatlari juda katta, - dedi Shavkat Mirziyoyev. - Lekin ularni ishlatolmayapmiz. Shuning uchun bu yerda yana nimalar chiqarish mumkinligini va kelgusi yillarda chet eldan qanday texnikalar sotib olishga ehtiyoj borligini chuqur tahlil qilib, ularni shu yerga buyurtma berish, imkonsizlarini kooperatsiya asosida tayyorlash zarur. Bu zavod rivojlanib, Xorazm industriyasiga asos bo‘lishi kerak.

Shu yerda Xorazm viloyatida ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari ham ko‘zdan kechirildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo