icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev: Men sizlarday ko‘zi yongan, yuragi yongan yoshlarni izlayman, cizlar shunga munosibsizlar

25.12.2020

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlari forumiga yig‘ilgan yigit-qizlar bilan muloqot qildi. Toshkentdagi “Humo Arena” saroyiga kelganlar va hududlardagi ishtirokchilar o‘z fikrlarini, taklif va mulohazalarini ochiq bayon etdi.

Davlatimiz rahbari barcha dolzarb tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, ular bo‘yicha mutasaddilarga shu yerning o‘zida ko‘rsatmalar berdi.

- Forum davomida sizlar bilan suhbatlashgan vazirlar menga savollaringni, fikrlaringni aytib berdi. Davlat idoralari rahbarlari yoshlarning muammolarini ota-ona bo‘lib, yuragidan o‘tkazib, tizimli shug‘ullanmagani haqiqat. Endi hamma rahbarlar yoshlarning ovozini eshitadi, talablarini amalga oshiradi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentimiz forum davomida bildirilgan fikrlar har tomonlama tahlil qilinib, tegishli qarorlar qabul qilinishini ta’kidladi.

- Men sizlarga bir sirimni aytaman: hududlarga borganda ko‘proq yoshlar bilan uchrashishga, ular bilan gaplashishga harakat qilaman. Chunki men sizlarday ko‘zi yongan, yuragi yongan yoshlarni izlayman. Sizlar shunga munosibsizlar, - dedi Prezident.

Forumda “Humo Arena” saroyiga kelgan 3 ming 300, shuningdek, hududlardagi studiyalarda 26 ming nafardan ziyod yoshlar ishtirok etdi.

- Bugun tarixiy uchrashuvimiz. Kelinglar, bu doimiy bo‘lib qolsin. Xalqimiz mehr ko‘zda degandek, bir-birimizga mehrimiz abadiy bo‘lsin, - deya so‘zini yakunladi Shavkat Mirziyoyev.

Forum ishtirokchilarining mamlakatimiz yoshlariga murojaati qabul qilindi.

Ushbu forum, Prezident bilan muloqot mamlakatimiz yoshlariga ko‘tarinki ruh, unutilmas motivatsiya bag‘ishladi. Tadbir yakunidagi kontsert katta bayram shodiyonasiga aylanib ketdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo