icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchisi bilan telefon muloqoti to‘g‘risida

30.12.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-dekabr kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchisi Talant Mamitov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida tomonlar kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, ikki birodar xalqqa tinchlik, farovonlik va bardavom ravnaq tiladilar.

Talant Mamitov davlatimiz rahbariga koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda ko‘rsatilgan katta ko‘mak va amaliy yordam, shu jumladan, Qirg‘iziston hududlarida mobil tibbiyot markazlarini qurish loyihalari amalga oshirilgani uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ko‘p qirrali sheriklik aloqalarini izchil mustahkamlashning dolzarb masalalari ham muhokama qilindi.

O‘zbekiston-Qirg‘iziston hamkorligi kun tartibidagi muhim masalalarni, eng avvalo, sanoat kooperatsiyasi, savdo, iqtisodiyot va mintaqaviy transport yo‘laklarini rivojlantirish choralarini ilgari surish muhimligi qayd etildi.

Muloqot so‘ngida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2021 yil boshida Qirg‘izistondagi muhim ichki siyosiy tadbirlarni o‘tkazishda muvaffaqiyat tiladi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo