icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

30.12.2020

30-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev telefon orqali muloqot qildilar.

O‘zbekiston Prezidenti va Elboshi kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan samimiy tabriklar almashib, bir-birlariga hamda O‘zbekiston va Qozog‘istonning do‘st xalqlariga farovonlik va ravnaq tiladilar.

Global xatar va tahdidlar kuchayib borayotgan, jahon iqtisodiyotida murakkab vaziyat yuzaga kelgan bir sharoitda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari barqaror rivojlanishda davom etgani, sifat jihatidan yangi mazmun bilan boyigani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Pandemiyaga qarshi kurashishda o‘zaro yordam ko‘rsatildi. Faol ikki tomonlama muloqotlar, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qo‘shma kooperatsiya loyihalari davom etdi, hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlar kengaydi.

Xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar ham ko‘rib chiqildi. Kelgusi yilda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvini o‘tkazish muhim ekani ta’kidlandi.

O‘zbekiston Prezidenti va Elboshining telefon orqali muloqoti har doimgidek ishonchli va do‘stona ruhda o‘tdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo