icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

31.12.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31 dekabr kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlat rahbarlari kirib kelayotgan yangi 2021 yil munosabati bilan bir-birlarini samimiy tabriklab, mamlakatlarimizning birodar xalqlariga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

Prezidentlar koronavirusning global miqyosda tarqalishi va jahon iqtisodiyotiga salbiy ta’siri bilan bog‘liq murakkab sharoitda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik va ko‘p qirrali sheriklikni izchil rivojlantirishga erishilganini alohida ta’kidladilar.

Pandemiyaga qarshi kurashda ko‘rsatilgan yordam va amaliy ko‘mak uchun Turkiya tomoniga alohida minnatdorlik bildirildi.

Savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlik natijalari ham mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari va transport qatnovlari saqlab qolindi, bir yilda Turkiya investorlari ishtirokida 300 ta yangi korxona tashkil etildi. Ikki mamlakatning yetakchi kompaniyalari tomonidan energetika, shaharsozlik, infratuzilmani modernizatsiya qilish, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekistonda ustuvor yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan institutsional islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Turkiyadan malakali ekspert va maslahatchilar jalb qilingan.

Madaniy-gumanitar almashinuvlar dasturi kengaymoqda.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston-Turkiya munosabatlarining butun salohiyatini samarali ishga solish va keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirish lozimligini qayd etdilar.

Yaqin yillarda tovar ayirboshlash hajmini 5 milliard dollarga yetkazish imkonini beradigan O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida preferensiyali savdo kelishuvini tez fursatda qabul qilish muhim ekani ta’kidlandi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. 2021 yilgi ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi, ularga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha birinchi galdagi choralar belgilab olindi.

O‘zbekiston va Turkiya rahbarlarining telefon orqali muloqoti har doimgidek ishonch, ochiqlik va do‘stlik ruhida o‘tdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo