icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident ichki ishlar bosh boqarmasi faoliyati bilan tanishdi

12.02.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-fevral kuni Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasiga tashrif buyurdi.

Dastlab bosh boshqarmaning axborot multimedia markazi faoliyati bilan tanishildi. Bu markaz eng zamonaviy texnika va uskunalar bilan jixozlangan, jinoyat va hodisalar to‘g‘risida tezkor xabarlar tayyorlash, brifing va matbuot anjumanlari o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Davlatimiz raxbari bunday axborot markazi xar bir boshqarmada bo‘lishi kerakligini, tizimdagi o‘zgarishlarni xalqqa yetkazib, aholining ogohligini oshirish zarurligini ta’kidladi.

 - Hozir hamma telefonda, ijtimoiy tarmoqlarda. Odamlarni ichki ishlar bo‘limiga chaqiradigan yoki qog‘ozdagi murojaatini kutib o‘tiradigan zamon o‘tib bo‘ldi. Endi tuman va shahar boshqarmasini mahalla bilan bog‘laydigan, odamlar bilan onlayn muloqot qiladigan dasturiy mahsulot yaratish kerak. Butun ichki ishlar tizimi axborot texnologiyalari asosida ishlashi zarur, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi tizimida foydalanilayotgan maxsus texnika va vositalarni ko‘zdan kechirdi.

Tashrif chog‘ida Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining shon-sharaf muzeyi ochildi. Davlatimiz rahbari uni kirib ko‘rdi.

Muzeyda tarixning turli davrlarida jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasining shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari aks ettirilgan. Boshqarma shaxsiy tarkibining turli yillardagi xizmat kiyimlari, tabel qurollari, uskuna va maxsus vositalaridan namunalar ko‘rgazmaga qo‘yilgan.

Muzeyning alohida bo‘limi ichki ishlar organlari faxriylari, xizmat burchini ado etish paytida halok bo‘lgan xodimlarga bag‘ishlangan.

Shu yerda jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikni jilovlash ishlarini bevosita mahallalarda tashkil etish, profilaktika inspektorlarining bu boradagi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha yangi tizim loyihasi taqdimot qilindi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo