icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Abu-Dabi valiahdi bilan telefon orqali muloqot qildi

11.03.2021

11-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Abu-Dabi Amirligi valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli Kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Abu-Dabi valiahdini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, do‘st Amirliklar xalqiga farovonlik, muvaffaqiyatlar va ravnaq tiladi.

Muloqot chog‘ida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

2019-yil mart oyida Birlashgan Arab Amirliklariga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrifda erishilgan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarishga alohida e’tibor qaratildi.

Energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi, moliya, infratuzilma yo‘nalishlarida yirik qo‘shma loyihalarni, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalaridagi qator muhim dasturlarni amalga oshirishni davom ettirish muhim ekan ta’kidlandi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo