icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Davlat rahbarlari sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi

12.03.2021

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Toshkent shahridagi texnoparkka tashrif buyurdi.

Ushbu zamonaviy majmua davlatimiz rahbarining 2019-yil 1-maydagi “Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilgan. Bu yerda umumiy qiymati 365 million dollarlik 17 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Qirg‘iziston Prezidentiga texnoparkdagi korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar - maishiy texnikalar, elektron gaz hisoblagichlar, liftlar, suv nasoslari, sanoat konditsionerlari va sovitish tarmoqlari haqida ma’lumot berildi.

Davlat rahbarlari O‘zbekistonning sanoat, qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Ko‘rgazmaga 24 ta tarmoq va 14 hududda ishlab chiqarilayotgan mingdan ortiq mahsulotlar qo‘yilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonda ham kerakli salohiyat borligi, uni yuzaga chiqarish uchun O‘zbekiston kooperatsiyalar tashkil etish va tajriba almashishga tayyor ekanini ta’kidladi. Tarmoq rahbarlariga Qirg‘izistondagi turdosh muassasalar bilan yaqindan ishlab, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

O‘zbekiston xalqi nomidan Qirg‘iziston xalqiga yurtimizda ishlab chiqarilayotgan tez tibbiy yordam mashinalari sovg‘a qilindi. Sadir Japarov qardoshlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari, doimiy ko‘magi va qo‘llab-quvvatlashi uchun minnatdorlik bildirdi.

Mamlakatimizning sanoat salohiyati, mahsulotlarning keng assortimenti va sifati mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo