icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibini muhokama qildilar

15.03.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-mart kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbatda ko‘p qirrali O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlarini yanada kengaytirish, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Pandemiyaning salbiy oqibatlarini tez fursatda kengib o‘tish maqsadida iqtisodiy sohadagi hamkorlikni jadallashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Buning uchun o‘zaro savdo hajmini oshirish, qabul qilingan “yo‘l xaritasi” doirasida sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ilgari surish hamda chegaraoldi tumanlarda samarali transport kommunikatsiyalari va logistika infratuzilmasini rivojlantirish muhim ekani ta’kidlandi.

Bundan tashqari, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika va ta’lim sohalarida hukumatlar, manfaatdor idora va tashkilotlar darajasida faol almashinuvlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashildi. Bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.

Suhbat yakunida davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan bahoriy ayyom – Navro‘z munosabati bilan bir-birini samimiy tabriklab, birodar xalqlarimizga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlarining telefon orqali muloqot har doimgidek ishchan va do‘stona ruhda o‘tdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo