icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiyaning “LUKOYL” kompaniyasi rahbarini qabul qildi

16.03.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-mart kuni “LUKOYL” kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperovni qabul qildi.

Uchrashuvda Vagit Alekperov davlatimiz rahbariga mamlakatimizda Rossiyaning yetakchi neft-gaz kompaniyasi ishtirokidagi ustuvor investitsiya va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar amalga oshirilishining borishi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.

Bugungi kunda “LUKOYL” O‘zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritayotgan eng yirik investorlardan biri ekanini ta’kidlash joiz. Investitsiyalar hajmi 10 milliard dollarga yetmoqda.

Xususan, 8 milliard kub metrdan ortiq tabiiy gazni qayta ishlash quvvatiga ega Qandim gazni qayta ishlash zavodi faoliyat yuritmoqda. Hauzak va Shodi konlari, Janubi-G‘arbiy Hissordagi konlar o‘zlashtirilmoqda. Muhim gumanitar dasturlar amalga oshirilmoqda.

Suhbat chog‘ida pandemiya oqibatlarini yengib o‘tish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qo‘shma loyihalarning samaradorligini oshirish va “LUKOYL” kompaniyasi bilan strategik hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan idoralararo ishchi guruh tuzish va “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo