icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Rossiya elchisini qabul qildi

17.03.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-mart kuni Rossiya Federatsiyasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Vladimir Tyurdenevni mamlakatimizdagi diplomatik missiyasi yakunlangani munosabati bilan qabul qildi.

Davlatimiz rahbari Rossiyaning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonasiga 11 yildan ortiq vaqt mobaynida rahbarlik qilib kelayotgan elchi Vladimir Tyurdenevning ikki tomonlama do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga qo‘shgan shaxsiy hissasini alohida qayd etdi.

Elchining faol ishtiroki va ko‘magida turli darajalarda tizimli muloqot va samarali aloqalar yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi. Savdo-iqtisodiy sohada sezilarli yutuqlarga erishildi. Xususan, keyingi yillarda o‘zaro savdo hajmi oshdi, yirik investitsiya loyihalari ilgari surildi va amalga oshirilmoqda, O‘zbekiston va Rossiya hududlari va ishbilarmon doiralarining iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlaridagi kooperatsiyasi kuchaydi.

Ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniy-gumanitar almashinuv borasida muhim dasturlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda Rossiya yetakchi oliy ta’lim muassasalarining 12 ta filiali faoliyat yuritmoqda.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Prezidenti Rossiya elchisini davlatlararo munosabatlarni chuqurlashtirish va har tomonlama aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashdagi faol ishtiroki uchun O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirladi.

Vladimir Tyurdenev uning diplomatik faoliyatiga berilgan yuksak baho, shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor uchun davlatimiz rahbariga chuqur minnatdorlik bildirdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo