icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar

07.05.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-may kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlat rahbarlari fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 76 yilligi munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, ezgu tilaklarini izhor qildilar.

Yelkama-yelka turib birga qahramonona jang olib borgan va front ortida fidokorona mehnat qilgan xalqlarimizning buyuk jasorati minnatdor avlodlar yodida abadiy saqlanib qolishi alohida ta’kidlandi.

O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq murakkab sharoitda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Barcha darajada faol muloqotlar davom ettirilmoqda, Rossiyaning yetakchi kompaniya va banklari ishtirokida O‘zbekiston iqtisodiyotining asosiy tarmoqlarida yirik kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Joriy yil aprel oyida Toshkent shahrida ilk bor Rossiyadan tashqarida keng miqyosda tashkil etilgan Xalqaro “Innoprom” ko‘rgazmasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

O‘zaro savdoni ko‘paytirish bo‘yicha birgalikda qo‘shimcha choralar ko‘rish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Parlamentlararo almushinuvlar kengaymoqda, ta’lim va madaniy-gumanitar almashinuv bo‘yicha muhim dasturlar amalga oshirilmoqda.

Muloqotda Prezidentlar xalqaro kun tartibi hamda mintaqaviy hamkorlik, shu jumladan MDH, Shanxay hamkorlik tashkiloti va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasidagi sheriklikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar. Mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash masalasiga jiddiy e’tibor qaratildi.

Bo‘lajak tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi. Oliy darajada o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuvlarning kun tartibini tayyorlashni faol davom ettirishga kelishib olindi.

Telefon orqali muloqot har doimgidek samimiy, do‘stona va ishchan ruhda o‘tdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo