icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Termizda xalqaro savdo markazi qurilishi boshlandi

01.06.2021

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termiz xalqaro savdo markazi bosh rejasi bilan tanishdi.

 Ushbu markaz uchun Termiz tumanidan 26 gektar maydon ajratilgan. Umumiy qiymati 75 million dollar bo‘lgan markazda mahsulotlarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash, saralash va qadoqlash majmualari qurilib, savdo xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi. Zarur infratuzilma tarmoqlari barpo etiladi.

Loyihaga ko‘ra, bu yerda 1 ming 800 ta savdo nuqtasi, 50 ming tonna yuk sig‘imiga ega logistika markazi, 400 o‘rinli ikkita mehmonxona, shifoxonalar, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonalari bo‘lishi mo‘ljallangan. Korpuslarning birinchi qavatida savdo nuqtalari, ikkinchi qavatida yengil ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish ko‘zda tutilgan.

Xalqaro savdo markazining yillik savdo aylanmasi 500 million dollar, xizmatlar hajmi 10 million dollar bo‘lishi hisob-kitob qilingan. 192 million dollarlik eksport quvvati paydo bo‘ladi.

Markazning qurilish ishlarini boshlash uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 10 million dollar ajratildi.

Davlatimiz rahbari markaz binolarini yengil konstruksiyalardan qurish, viloyat tadbirkorlarini bu yerda ishlashga va eksport faoliyatiga jalb qilish, chet ellik ishbilarmonlar uchun barcha qulayliklar yaratish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi. Bu yerdagi tajriba asosida, keyinchalik, boshqa qo‘shni davlatlar bilan chegara hududlarda ham shunday savdo markazlari tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.

Termiz xalqaro savdo markazini 2022 yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo