icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirini qabul qildi

16.07.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-iyul kuni Toshkent shahrida o‘tayotgan xalqaro konferensiya doirasida Saudiya Arabistoni Podshohligi tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farxon Ol Saudni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanayotgani - o‘zaro muloqot faollashib, ilk yirik investitsiya loyihalari, eng avvalo energetika sohasidagi loyihalar ilgari surilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Vazir Faysal bin Farxon O‘zbekiston yetakchisiga Podshoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi hamda Saudiya Arabistoniga rasmiy tashrif bilan kelish taklifini yana bir bor tasdiqladi.

Saudiya tomoni O‘zbekiston Prezidentining Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqaviy bog‘liqligini kuchaytirish borasidagi o‘z vaqtida ilgari surilgan muhim xalqaro tashabbuslarini, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga ko‘rsatilayotgan har tomonlama ko‘makni yuksak baholashi va qo‘llab-quvvatlashi ta’kidlandi.

Uchrashuvda amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, bo‘lajak oliy darajadagi muloqotlarning kun tartibini boyitish, O‘zbekiston-Saudiya munosabatlarini sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish maqsadida yangi loyiha va tadbirlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi. rasmiy tashrif bilan kelish taklifini takrorladi.
 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo