icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti KXShT sammitida ishtirok etdi

23.08.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 23-avgust kuni Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining Afg‘onistondagi vaziyatga bag‘ishlab videoanjuman shaklida o‘tkazilgan navbatdan tashqari sessiyasida taklif etilgan mehmon sifatida ishtirok etdi.

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon raisligida o‘tgan yig‘ilishda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan va KXShT bosh kotibi Stanislav Zas qatnashdi.

Sessiyada qo‘shni Afg‘onistonda yuzaga kelayotgan vaziyat hamda mintaqadagi barqarorlikka tahdid solayotgan xavf-xatarlarga qarshi ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan batafsil fikr almashildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti uchrashuv ishtirokchilarini mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga ko‘maklashish, shu jumladan Afg‘oniston bilan Davlat chegarasini ishonchli qo‘riqlash va himoya qilish borasida olib borilayotgan tadbirlar to‘g‘risida xabardor qildi.

Mamlakatimiz yetakchisi mintaqa davlatlarining aloqador tuzilmalari bilan Afg‘oniston borasida samarali hamkorlik va tezkor axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Sammit yakunida mintaqadagi vaziyat yuzasidan o‘zaro maslahatlashuvlar va muntazam axborot almashishni davom ettirishga kelishib olindi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo