icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosarini qabul qildi

14.09.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-sentabr kuni ikki tomonlama hukumatlararo komissiyalar yig‘ilishlarini o‘tkazish doirasida mamlakatimizda bo‘lib turgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Esenmirat Orazgeldiyevni qabul qildi.

Ko‘p qirrali O‘zbekiston-Turkmaniston hamkorligini yanada kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Oliy darajadagi muntazam muloqotlar birodar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, ularni aniq mazmun bilan boyitishga xizmat qilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Esenmirat Orazgeldiyev O‘zbekiston yetakchisiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi hamda Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Shuningdek, shu kunlarda Toshkent shahrida o‘tkazilgan ikki tomonlama hamkorlik va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha qo‘shma hukumatlarlaro komissiyalar yig‘ilishlarining asosiy natijalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekistonda o‘tkaziladigan sammitga puxta va har tomonlama tayyorgarlik ko‘rish, eng avvalo, mazmunli kun tartibini shakllantirish, shuningdek, iqtisodiy kooperatsiya loyihalari va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini ilgari surish muhim ekanini ta’kidladi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo