icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident Xivadagi sanoat korxonasini borib ko‘rdi

22.09.2021

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xiva gilam kombinati faoliyati bilan tanishdi. 

Ilgari bu joy foydalanilmay turgan bino edi. 2020-yil sentabrda uning o‘rnida zamonaviy kombinat tashkil etildi. Bu yil avgust oyida loyihaning ikkinchi bosqichi ishga tushirildi. 

Korxonaga Germaniya, Belgiya, Avstriya, Shveysariya, Italiya, Fransiya va Turkiyadan energiya tejovchi uskunalar keltirib o‘rnatilgan. Bu yerda polipropilen ip, gilam va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Ular AQSh, Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikistonga eksport qilinmoqda.

Davlatimiz rahbari korxonadagi ishlab chiqarish jarayonini va shou-rumni ko‘zdan kechirdi.

Kombinatda 250 ta ish o‘rni yaratilgan. 2022-yilda uchinchi bosqich - akril tolasidan kalava tayyorlash loyihasi amalga oshiriladi. Natijada ishlab chiqarish quvvati yiliga 2,2 million kvadrat metrga yetadi. Mahsulotning 45 foizi chet elga sotilishi, yillik eksport 5 million dollardan oshishi kutilmoqda.

Prezidentimiz mahsulot turlarini ko‘paytirish, boshqa tumanlarda ham shunday korxonalar tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Shu bilan Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga safari yakuniga yetdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo